Oʻzbek Русский
Rossiya Qirgʻiziston Armaniston Qozogʻiston Belarus Oʻzbekiston
sportmaster

Maxfiylik boʻyicha foydalanuvchi bilan kelishuv

1.1. Shaxsiy maʼlumotning maxfiyligiga doir mazkur kelishuv (keyingi oʻrinlarda: Kelishuv, Maxfiylik haqida kelishuv) foydalanuvchilar “SPORTMASTER” Xorijiy korxonasi Masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli sayt, servislar, xizmatlar, dasturlar va mahsulotlarni (keyingi oʻrinlarda: Servislar) ishlatganda “SPORTMASTER” Xorijiy korxonasi Masʼuliyati cheklangan jamiyati olishi mumkin boʻlgan har qanday maʼlumotga nisbatan amal qiladi.

2.1. Tashkilot – “SPORTMASTER” Xorijiy korxonasi Masʼuliyati cheklangan jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va quyidagi manzilda joylashgan yuridik shaxsdir: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 75-uy, 408-ofis, STIR 307031193.

2.2. Foydalanuvchi – Axborot-elektron resurs xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, Tashkilotning savdo obyektida kelajakda xaridlarni amalga oshirish uchun maʼlumot olish maqsadlarida anketa toʻldirish yoki Axborot-elektron resursni ishlatish va avtorizatsiyaning unikal kodini olib registratsiyadan oʻtgan har qanday jismoniy shaxs. Mazkur Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlariga rozilik bildirgan va Axborot-elektron resursning axborot resurslariga va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritgan, shu jumladan, Axborot-elektron resursda registratsiya va (yoki) identifikatsiya bosqichlaridan oʻtgan jismoniy shaxs foydalanuvchi, bunday bosqichlardan oʻtmay undan qandaydir shaklda foydalangan shaxs esa mazkur Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlariga rozilik bildirgan hisoblanadi.

2.3. Registratsiya – Foydalanuvchi tomonidan Axborot-elektron resurs, boshqa yordamchi Servislarni ishlatish, Tashkilotning Klub dasturida ishtirok etish, shuningdek, mazkur Kelishuvda keltirilgan boshqa imkoniyatlarni amalga oshirish uchun maʼlumotlarni, shu jumladan, ammo bu bilan cheklanmagan holda, shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etish jarayoni.

2.4. Tashkilotning savdo obyektlari – “Sportmaster” doʻkonlari.

2.5. Axborot-elektron resurs – “SPORTMASTER” XK MCHJ mulki (yoki boshqa huquqlarda taqdim etilgan) hisoblangan dastur-texnik vositalar va dasturiy kodlar majmuasi boʻlib, ular yordamida Tashkilot Foydalanuvchilarga maʼlumotlarni taqdim etadi, tizimning tegishli resurslari va servislariga kirish (mazkur Foydalanuvchi bilan kelishuv maqsadlarida Axborot kioski (axborot terminali, infokiosk, infomat) – maʼlumot berish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan dastur-apparat majmuasi hisoblanadi) imkoniyatini taʼminlaydi.

2.6. Resursni boshqarish – Axborot-elektron resursning faoliyati va undan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlovchi Axborot-elektron resurs egasi, yaʼni “SPORTMASTER” XK MCHJ.

2.7. Tashkilotning Klub dasturi – bu oʻz ishtirokchilariga “Sportmaster“ doʻkonlarida xaridlarni amalga oshirish va qoʻshimcha xizmatlar, imtiyozlar va boshqa nazarda tutilgan imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi jamgʻarma bonus dasturi. Mazkur Klub dasturi Tashkilotning Klub dasturida ishtirok etish Qoidalari bilan tartibga solinadi.

2.8. Tovar – Axborot-elektron resursda u haqda maʼlumot taqdim etilgan mahsulot.

2.9. Axborot-elektron resurs servislari – Axborot-elektron resursda foydalanish imkoniyati mavjud boʻlgan barcha xizmatlar.

2.10. Foydalanuvchi bilan kelishuv shakllari – bu Tashkilotning Klub dasturida ishtirokni rasmiylashtirish jarayonida Foydalanuvchi oʻzi haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni kirituvchi shakllar va anketalar boʻlib, ular mazkur Foydalanuvchi bilan kelishuvning ajralmas qismi hisoblanadi.

2.11. Shaxsiy maʼlumotlar – registratsiya, Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida Axborot-elektron resurs orqali yoki Servislardan foydalanish jarayonida Foydalanuvchi oʻzi haqida mustaqil taqdim qiluvchi maʼlumot. Ammo bu faqat foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari bilan cheklanmaydi.

2.12. “SPORTMASTER” XK MCHJ Internet-sayti – Internet tarmogʻida sportmasterofficial.uz manzilidagi joylashgan hamda Tashkilot yoki uning boshqaruvi ostidagi va bevosita uning faoliyatiga aloqador Tashkilot tomonidan boshqariluvchi veb-sayt (resurs).

2.13. Ishchi makon – Axborot-elektron resursda taqdim etilgan Mahsulotni tanlash va koʻrish, shuningdek, Axborot-elektron resurs Servislaridan foydalanish uchun moʻljallangan texnik vositalar toʻplamidan iborat Axborot-elektron resurs interfeysi.

2.14. Maxfiylik haqida kelishuv – mazkur Foydalanuvchi bilan kelishuv boʻlib, “SPORTMASTER” XK MCHJ va Foydalanuvchi oʻrtasidagi munosabatlarni unga Axborot-elektron resurs servislarini taqdim etish va ulardan foydalanish butun davrida tartibga soladi.

2.15. Shaxsiy maʼlumotlar operatori – “SPORTMASTER” XK MCHJ. Joylashgan manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 75-uy, 408-ofis, STIR 307031193.

2.16. Materiallar – mualliflik huquqlari obyektlari boʻlib, jumladan, va shu bilan cheklanmagan holda, muhrlangan, ham anʼanaviy, ham elektron tashuvchilarda qayta tiklanadigan, Foydalanuvchi tomonidan oʻziga tegishli ijtimoiy tarmoq hisoblarida / Instagram va/yoki Facebook va/yoki Vkontakte tarmoqlarida #Demix va/yoki #Columbia va/yoki #Glissade va/yoki #Joss va/yoki #Nordway va/yoki #Outventure va/yoki #Skechers va/yoki #SkechersRussia va/yoki #sportmaster va/yoki #stern va/yoki #Termit va/yoki #Torneo va/yoki #Demix va/yoki #Kolambiya va/yoki #Merrel va/yoki #Skechers va/yoki #sportmaster va/yoki #mamnuniyatbilanbirga va/yoki #shtern va/yoki #men_sportmasterni_tanlayman va/yoki #SportmasterForever xeshtegi bilan joylashtirilgan va ularga nisbatan Foydalanuvchi Kelishuv shartlari asosida foydalanish huquqini berish Soʻrovini olgan illyustratsiyalar, rasmlar, fotoasarlar va analog fotografiya usullari orqali olingan boshqa asarlar.

2.17. Tasvirlar – OʻzR FK 1041-moddasidagi taʼrif boʻyicha tushuniladigan odamlarning tasvirlari (shu jumladan, ularning fotosuratlari yoki ular aks etgan tasviriy sanʼat asarlari) boʻlib, ular Foydalanuvchi tomonidan uning ijtimoiy tarmoqdagi hisoblari/ Instagram va/yoki Facebook va/yoki VKontakte ijtimoiy tarmoqlarida #Demix va/yoki #Columbia va/yoki #Glissade va/yoki #Joss va/yoki #Nordway va/yoki #Outventure va/yoki #Skechers va/yoki #SkechersRussia va/yoki #sportmaster va/yoki #stern va/yoki #Termit va/yoki #Torneo va/yoki #Demix va/yoki #Kolambiya va/yoki #Merrell va/yoki #Skechers va/yoki #sportmaster va/yoki #mamnuniyatbilanbirga va/yoki #shtern va/yoki #men_sportmasterni_tanlayman va/yoki #SportmasterForever xeshteglari bilan joylashtirilib, ularga nisbatan Foydalanuvchiga Kelishuv shartlari asosida huquq taqdim etish borasida soʻrov yuboriladi.

2.18. Materiallar/Tasvirlardan foydalanish huquqi – SPORTMASTER” XK MCHJning quyidagi harakatlarni bajarish huquqi: Materiallar/Tasvirlar yoki ularning istalgan qismini har qanday tashuvchilarda moddiy shaklda va istalgan usulda, shu jumladan, Internet tarmogʻida ommaga eʼlon qilish, tasvirlash, barchaga maʼlum qilish, ochiq koʻrsatish, qayta ishlash, tarqatish.

2.19. Soʻrov – Material/Tasvir ostidagi izoh maydoni orqali Foydalanuvchiga xabar shaklida yuborilgan hamda “SPORTMASTER” XK MCHJ tomonidan Kelishuv tuzish (oferta) taklifini anglatuvchi Foydalanuvchidan Materiallar/Tasvirlardan foydalanish huquqini taqdim etish soʻralgan “SPORTMASTER” XK MCHJ soʻrovi.

3.1. Sayt orqali foydalanish mumkin boʻlgan barcha obyektlar, xususan dizayn elementlari, matn, grafik tasvirlar, illyustratsiyalar, video, EHM, maʼlumotlar omboriga oid dasturlar hamda boshqa obyektlar, shuningdek, xizmatda joylangan har qanday kontent faqatgina “SPORTMASTER” XK MCHJ, Foydalanuvchilar va mutanosib tarzda boshqa huquq egalariga tegishli huquqlar obyektlaridir. Kontent, shu bilan birga xizmatning boshqa har qanday unsurlarini faqat servis taqdim etuvchi imkoniyat doirasida ishlatish mumkin. Xizmatda joylangan servis tarkibining hech qaysi elementi, shuningdek, har qanday kontent, huquq egasining avvaldan berilgan ruxsatisiz boshqacha shaklda ishlatilishi mumkin emas. Foydalanish deganda, xususan: ijro etish, nusxa olish, qayta ishlash, har qanday asosda tarqatish, freymda aks ettirish va boshqalar tushuniladi. OʻzR qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Mualliflik huquqi muhofazasiga oid barcha belgilarni, turdosh huquqlarni, savdo belgilarini, mualliflik haqidagi boshqa bildirishnomalarni saqlash, muallif/huquq egasining ismini (yoki taxallusini), shu bilan birga tegishli obyektni oʻzgarmagan holda saqlash sharti bilan Foydalanuvchi servis tarkibi elementlari va istalgan kontentni shaxsiy notijoriy maqsadda ishlatilishi mumkin. OʻzR qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

3.2. Tegishli huquq egalarining mos ruxsatlari boʻlmasa, Foydalanuvchiga mualliflik huquqlari obyektlari hisoblangan Sayt elementlarini tijoriy va notijoriy maqsadlarni ijro ettirish, tarqatish va qayta ishlash taqiqlanadi.

3.3. Foydalanuvchi Aksept boʻyicha harakatni bajargan ondan boshlab, u “SPORTMASTER” XK MCHJga jahonning barcha mamlakatlari hududida istisnosiz huquqning butun amal qilish muddatida Materiallar va Tasvirlardan foydalanish huquqini taqdim etadi, shu bilan birga, “SPORTMASTER” XK MCHJ tomonidan Tasvirlarning ommaga eʼlon qilinishi va Materiallar va Tasvirlarning potensial xaridorlarning eʼtiborini “SPORTMASTER” XK MCHJ mahsulotlari assortimentiga jalb etish, shuningdek, tovarlarga nisbatan isteʼmolchilarning talabini oshirish maqsadida Saytda ishlatilishiga toʻliq va soʻzsiz roziligini ifodalaydi. Quyidagilar, jumladan va shu bilan cheklanmagan holda, Materiallar va Tasvirlar tasarrufining usullari hisoblanadi: har qanday moddiy shaklda foydalanish, ommaga oshkor etish, ochiq namoyish, qayta ishlash, istalgan tashuvchilarda va har qanday usulda, jumladan, Internet tarmogʻida tarqatish yoki Materiallar va Tasvirlardan toʻliq yoki qisman istalgan boshqa usulda, xususan anonim shaklda, yaʼni Foydalanuvchi, Huquq egasi, aks etgan fuqaro, koʻrsatilgan shaxslarning taxalluslarini zikr qilmasdan foydalanish.

3.4. Materiallardan foydalanish huquqiga oid oddiy litsenziya, ommaga eʼlon qilish va Tasvirlardan kelgusida foydalanish uchun rozilik Foydalanuvchi tomonidan “SPORTMASTER” XK MCHJga begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.

3.5. “SPORTMASTER” XK MCHJ Materiallar/Tasvirlarni ishlatish yoki ularning tasarrufini toʻxtatish haqida qaror qabul qilish, Foydalanuvchi akseptidan keyin Materiallar/Tasvirlarni istalgan payt Saytda eʼlon qilish, shuningdek, har qanday paytda Materiallar/Tasvirlarning ishlatilishini toʻxtatish va ularni Saytdan oʻchirishga haqli. Materiallar/Tasvirlarni saytda eʼlon qilish bilan bogʻliq barcha xatarlar Foydalanuvchining zimmasida.

3.6. Foydalanuvchi “SPORTMASTER” XK MCHJ Sayt sahifalarida oʻzidan olingan Materiallar va Tasvirlarni qamrab oluvchi reklama bannerlari va eʼlonlarini joylashtirish huquqiga egaligini eʼtirof qiladi.

3.7. Foydalanuvchi mustaqil shaklda Saytda eʼlon qilingan Materiallar va Tasvirlarni oʻchira olmaydi.

3.8. “SPORTMASTER” XK MCHJ istalgan payt oʻz xohishicha va oldindan ogohlantirishsiz, sabablarini tushuntirmagan holda, avvalroq joylangan Materiallar va Tasvirlarni oʻchirish huquqiga ega.

3.9. Foydalanuvchi “SPORTMASTER” XK MCHJga mazkur Kelishuv asosida taqdim etayotgan Materiallari va Tasvirlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Agar fuqaro Tasviri amaldagi OʻzR qonunchiligiga xilof tarzda olingan yoki ishlatilgan boʻlsa, unda ushbu shaxs, Foydalanuvchi, Materiallar va Tasvirlar huquqining egasi bunday tasvirni oʻchirishni talab qilishga haqli.

3.10. Saytda eʼlon qilingan Materiallar va Tasvirlarni noqonuniy nusxalash, Materiallar va Tasvirlardan gʻayriqonuniy tarzda foydalanish uchun mazkur harakatlarni bajargan shaxslar javobgardir.

3.11. Mazkur Kelishuvning shartlarini qabul qilib, Foydalanuvchi Materiallar muallifi/Tasvirning huquq egasi va/yoki tegishli tartibda xos mualliflar/huquq egalari tomonidan “SPORTMASTER” XK MCHJga Materiallar/Tasvirlarni ishlatish huquqini berish uchun vakolatli ekanini, Materiallar mualliflaridan va tasvirlarda aks etgan shaxslardan “SPORTMASTER” XK MCHJga Materiallar/Tasvirlardan foydalanish huquqini taqdim etish uchun barcha zarur ruxsatlarni olganligini, shu bilan bir qatorda, Foydalanuvchining uchinchi shaxslar oldida Materiallar/Tasvirlarning qonuniy tasarrufiga toʻsqinlik qiluvchi hech qanday majburiyatlari yoʻqligini maʼlum qiladi va kafolatlaydi.

3.12. Foydalanuvchi u va Materiallarda aks etgan fuqaro voyaga yetganini kafolatlaydi. Foydalanuvchi taqdim etadigan Materiallar va Tasvirlar: Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va uchinchi shaxslarning qonun bilan himoyalanuvchi manfaatlarini buzmasligi; diniy, irqiy yoki millatlararo ixtiloflarning kelib chiqishiga turtki bermasligi; hayosiz yoki haqoratli mazmunga ega boʻlmasligi, zoʻravonlik sahnalari, giyohvand moddalar reklamasidan xoli boʻlishi, pornografik mohiyat kasb etmasligi va voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini buzmasligi; uchinchi shaxslarning mualliflik va turdosh huquqlarini buzmasligi; “SPORTMASTER” XK MCHJ mahsuloti boʻlmagan tovarda savdo belgisining yaqqol tijoriy reklamasiga ega boʻlmasligi lozim.

3.13. Foydalanuvchi servislar va Saytni quyidagi maqsadlarda ishlatmasligi kerak:

  • tarmoqning soz faoliyatini buzuvchi harakatlarni bajarish;
  • gʻayriqonuniy, zararli, tahdidli, virusli yoki har qanday kompyuter yoki telekommunikatsiya uskunasi, fayl yoki boshqa dasturlarni buzish, yoʻq qilish yoki cheklashga moʻljallangan boshqa kompyuter kodlaridan iborat, ruxsatsiz kirishga yordam beruvchi materiallarni yuklash;
  • odob-axloqni izza qiluvchi, tuhmat mazmunidagi, mualliflik huquqlarini buzuvchi, nafrat va/yoki odamlarni irqiy, etnik, jinsiy, ijtimoiy va boshqa belgilar boʻyicha kamsitishni targʻib qiluvchi, voyaga yetmaganlarning huquqlarini buzuvchi yoki ularga har qanday shaklda ziyon beruvchi suratlarni yuklash;
  • ozchiliklar huquqlarini kamsitish;
  • pornografik mazmundagi va amaldagi OʻzR qonunchiligining buzilishiga olib keluvchi har qanday boshqa xususiyatdagi materiallarga ega suratni yuklash.

3.14. Foydalanuvchi mustaqil tarzda javobgar boʻlib, “SPORTMASTER” XK MCHJ Materiallar/Tasvirlar va ularning tarkibiga nisbatan uchinchi shaxslar bildirgan eʼtirozlar boʻyicha zarar/ziyonlarni qoplash majburiyatidan ozod hisoblanadi. Har qanday uchinchi shaxslar tarafidan Materiallar/Tasvirlarga nisbatan “SPORTMASTER” XK MCHJga eʼtirozlar bildirilgan holatda, Foydalanuvchi bunday eʼtirozlar va/yoki daʼvolarni hal etish va/yoki oʻz hisobidan bunday eʼtirozlar bildirilishi ortidan “SPORTMASTER” XK MCHJ koʻrgan zararlarni toʻliq qoplashga majbur.

3.15. Foydalanuvchi intellektual huquqlari buzilgan va/yoki OʻzR FQ 99-moddasida nazarda tutilgan huquqi buzilgan uchinchi shaxslar koʻrgan zararlarni qoplashga ketgan xarajatlarga teng miqdorda mulkiy yoʻqotishlarni “SPORTMASTER” XK MCHJga qoplab berishga, shuningdek, sud ishlarini tayyorlash, yuritishga yoʻnaltirilgan sud xarajatlari, shu jumladan, oʻzining professional sohasida yetakchi oʻringa ega konsultantlarni (advokatlar) jalb etish, shu bilan bir qatorda, sud qarorlarini bajarish, tegishli shartnomalar boʻyicha sanksiyalar, moddiy jazolar va jarimalarni toʻlashga sarflangan barcha xarajatlarni toʻlashga majburdir.

3.16. Foydalanuvchi “SPORTMASTER” XK MCHJ bunday harakatlarni bajarishga bergan yozma ruxsatisiz Sayt materiallarini uzatish, sotish, nashr etish, boshqa joyga koʻchirish, qayta ishlab chiqish, oʻzgartirish yoki qayta yasash yoki ularni boshqa shaklda, xoh u butun, xoh u qisman boʻlsin, ishlatishga haqli emas.

3.17. Foydalanuvchi uchinchi shaxslar oldida xizmatdan foydalanishga oid oʻz harakatlari uchun (xususan, agar bunday harakatlar uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib kelsa), shuningdek, xizmatdan foydalanish vaqtida qonunchilikka rioya etish uchun shaxsan javobgardir.

3.18. “SPORTMASTER” XK MCHJ Sayt/Servislarga nisbatan oʻzining intellektual huquqlarini himoya etish uchun qonunda taqiqlanmagan choralarni qabul qilishga haqli. Foydalanuvchining kafolatlari va javobgarligiga oid mazkur Kelishuv qismlari muddatsiz amal qiladi.

4.1. Foydalanuvchiga unikal hisob yaratiladigan registratsiya uchun Foydalanuvchi registratsiya shaklida keltiriladigan savollarga oʻzi haqida ishonchli va toʻliq maʼlumotni taqdim etishi va bunday maʼlumotlarni dolzarb holatda saqlashga majburdir. Agar foydalanuvchi notoʻgʻri maʼlumot taqdim etsa yoki “SPORTMASTER” XK MCHJda Foydalanuvchi taqdim etgan maʼlumotning toʻliqsiz yoki ishonchsiz deb taxmin qilishga asos boʻlsa, “SPORTMASTER” XK MCHJ oʻz ixtiyoriga koʻra Foydalanuvchining hisobini bloklash yoki oʻchirish hamda Foydalanuvchiga oʻz xizmatlarini (yoki alohida funksiyalarni) ishlatishni rad etish huquqiga ega.

4.2. Agar registratsiya vaqtida koʻrsatilgan maʼlumotlar foydalanuvchini aniqlashga imkon bermasa, “SPORTMASTER” XK MCHJ Foydalanuvchiga hisobga kirish va Sayt xizmatlarini ishlatishni rad etishga haqlidir.

4.3. Registratsiya paytida Foydalanuvchi oʻziga mustaqil tarzda hisobga kirish uchun login (Foydalanuvchi hisobining unikal ramziy nomi) va parol tanlaydi. “SPORTMASTER” XK MCHJ muayyan loginlardan foydalanishni taqiqlash, shuningdek, login va parol uchun talablar (uzunligi, ruxsat berilgan belgilar va boshqalar) oʻrnatishga haqli.

4.4. Foydalanuvchi hisobiga kirish uchun tanlagan vositalarining xavfsizligi (aniqlanishga qarshi barqarorligi) uchun shaxsan javobgar boʻlib, ularning maxfiyligini mustaqil taʼminlaydi. Foydalanuvchi ushbu Kelishuv doirasida yoki Sayt servislarini Foydalanuvchi hisob qaydi ostida ishlatish, xususan Foydalanuvchi tomonidan oʻz hisob qaydiga kirish maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga har qanday shartlarda (shu jumladan, shartnomalar va kelishuvlar asosida) ixtiyoriy uzatganlik uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Bunda Sayt xizmatlari doirasida yoki ulardan Foydalanuvchining hisobi orqali tasarruf etilishiga oid barcha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan shaxsan bajarilgan deb hisoblanadi. Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning 5.5-bandida koʻzda tutilgan tartib boʻyicha oʻzining hisobi orqali Sayt servislariga ruxsatsiz kirilgani va/yoki oʻzining hisobiga kirishga yordam beruvchi vositalarining har qanday maxfiylik buzilishi (qoidabuzarlikka shubha) haqida “SPORTMASTER” XK MCHJni ogohlantirgan holatlar bundan mustasno.

4.5. Foydalanuvchining hisobi orqali ruxsat berilmagan (Foydalanuvchining roziligisiz) holatda Sayt xizmatlariga kirilgani va/yoki oʻz hisobiga kirish uchun ishlatiladigan vositalar maxfiyligiga tahdid (tahdid haqida shubha) boʻlgani haqida “SPORTMASTER” XK MCHJni darhol ogohlantirishi lozim.

4.6. “SPORTMASTER” XK MCHJ Foydalanuvchining hisobini bloklash va oʻchirishga, shuningdek, Saytning ayrim xizmatlariga muayyan hisob yordamida kirish imkoniyatini, shu jumladan, Foydalanuvchi tarafidan Kelishuv shartlari yoki amaldagi OʻzR qonunchiligi buzilganida, shu bilan birga Foydalanuvchi Sayt va hisobni 24 oydan uzoqroq davr mobaynida ishlatmaganida, sabablarni tushuntirmay taqiqlashga haqlidir.

4.7. Foydalanuvchi istalgan payt “SPORTMASTER” XK MCHJ mijozlarga yordam xizmatiga murojaat qilib yoki tegishli funksiya mavjudligida oʻz hisobini Saytda istalgan payt oʻchirishga haqlidir.

4.8. Hisob oʻchirilgandan paytdan boshlab, uni qayta tiklash, xususan Sayt xizmatlariga ushbu hisob orqali kirish – imkonsiz, login esa boshqa foydalanuvchining tasarrufiga oʻtadi.

4.9. Foydalanuvchi istalgan vaqt oʻzi taqdim etgan shaxsiy maʼlumotni yoki uning biror qismini, shuningdek, uning maxfiylik parametrlarini shaxsiy makondagi oʻz boʻlimida mavjud shaxsiy maʼlumotlarni tahrirlash funksiyasi orqali oʻzgartirishi (yangilashi, toʻldirishi) mumkin.

4.10. Foydalanuvchi istalgan payt “SPORTMASTER” XK MCHJ mijozlarga yordam xizmatiga support.uz@sportmaster.com manzili orqali murojaat qilib, oʻzi taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirishni talab qilish haqli.

4.11. Yangiliklarga oid tarqatmalarni olishdan voz kechish uchun xat ostidagi tegishli havolaga bosing.

5.1. ”SPORTMASTER” XK MCHJ faqatgina Servislarni taqdim etish va/yoki Foydalanuvchi tomonidan Mahsulotni xarid qilish, Axborot/elektron resursni ishlatish, Tashkilotning Klub dasturida qatnashish uchun talab etiladigan shaxsiy maʼlumotnigina oladi, qayta ishlaydi va saqlaydi.

5.2. ”SPORTMASTER” XK MCHJ foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini quyidagi maqsadlarda ishlatadi:

5.2.1. Foydalanuvchining ”SPORTMASTER” XK MCHJ bilan tuzgan shartnomalari doirasida tomonni aniqlash;

5.2.2. Toʻlovlarni qayta ishlash va Foydalanuvchidan olish, shu jumladan, Tashkilotning Klub dasturida qatnashish shartlariga muvofiq;

5.2.3. Foydalanuvchiga mijozlarga xos yordam taqdim etish;

5.2.4. foydalanuvchiga moslashtirilgan xizmatlarni taqdim etish;

5.2.5. foydalanuvchi bilan aloqa, shu jumladan, Servislardan foydalanish, Mahsulotlar sotuviga oid xabarnomalar, soʻrovlar va axborot yuborish, shu bilan bir qatorda Foydalanuvchining soʻrovlari va arizalarini qayta ishlash;

5.2.6. Servislar sifati, ulardan foydalanish qulayligini yaxshilash, yangi Servislar va xizmatlarni ishlab chiqish;

5.2.7. Foydalanuvchini ”SPORTMASTER” XK MCHJ oʻtkazadigan tadbirlar va aksiyalar, jumladan va shu bilan cheklanmagan holda, Foydalanuvchining Klub dasturidagi ishtiroki doirasida Tashkilotning oʻz majburiyatlarini bajarish va Foydalanuvchiga maxsus takliflarni, yangi tovarlar, sodiqlik dasturi haqidagi maʼlumotlarni yuborish ishlarini tashkil qilish maqsadlari uchun;

5.2.8. shaxssizlantirilgan maʼlumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni oʻtkazish.

5.2.9. Foydalanuvchiga Tashkilot faoliyatiga aloqador yangilik xabarlarini yuborish.

5.3. ”SPORTMASTER” XK MCHJ axborotni olish usulining oʻziga xosligi bois Foydalanuvchi taqdim qilgan shaxsiy maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirmaydi va ularning aktualligini nazorat qilmaydi. Ammo, ”SPORTMASTER” XK MCHJ Foydalanuvchi Kelishuv shakllarida ifodalangan savollarga toʻgʻri shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etishi va ularni aktual holatda saqlashidan kelib chiqib harakat qiladi. Notoʻgʻri yoki nofaol shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etish ortidan keladigan ehtimoliy oqibatlar uchun butun javobgarlik Foydalanuvchining zimmasida.

6.1. SPORTMASTER” XK MCHJ Foydalanuvchi bilan kelishuv shakllarida Foydalanuvchi taqdim etgan va koʻrsatgan shaxsiy maʼlumotlarni amaldagi meʻyoriy hujjatlar hamda ularning asosida yaratilgan ichki reglamentlarga muvofiq saqlaydi va qayta ishlaydi.

6.2. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga nisbatan maxfiylik saqlanadi, ammo Foydalanuvchi oʻz ixtiyori bilan cheklanmagan insonlar doirasi uchun oʻzi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etgan, shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan oʻrnatilgan holatlar bundan mustasno.

6.3. SPORTMASTER” XK MCHJ shaxsiy maʼlumotlar himoyasi bilan aloqador qonunchilik talablariga muvofiq Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini muhofaza qiladi hamda bunday maʼlumotlar muhofazasi uchun xavfsiz usullarni qoʻllashga javobgardir.

6.4. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini muhofaza qilish, ularning oʻz oʻrnida ishlatilishini taʼminlash, va undan ruxsatsiz va/yoki tasodifiy foydalanishning oldini olish uchun SPORTMASTER” XK MCHJ zarur va yetarli texnik va maʼmuriy choralarni qoʻllaydi. Foydalanuvchi taqdim etuvchi shaxsiy maʼlumotlar qoʻriqlanadigan xonalarda joylashgan cheklangan foydalanish ruxsatiga ega serverlarda saqlanadi.

6.5. SPORTMASTER” XK MCHJ Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini (jumladan, maʼlumotni qayd etish, tizimlash, toʻplash, aniqlash, saqlash, chiqarib olish shugʻullanuvchi, Foydalanuvchi bevosita maxsus takliflar, yangi tovarlar va reklama aksiyalari haqidagi maʼlumotlarni yuboruvchi, soʻrov va murojaatlar bilan ishlovchi, shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni yoʻq qiluvchi tashkilotlarga) uchinchi shaxslarga quyidagi holatlarda uzatishga haqli:

6.5.1. Foydalanuvchi bunday harakatlarga oʻzining roziligini yaqqol bildirgan, yaʼni Axborot elektron resursdagi shaxsiy maʼlumotlarni shakllarga toʻldirish vaqtida, shuningdek, SPORTMASTER” XK MCHJning Buyurtma va/yoki Klub dasturida roʻyxatga olish funksiyasi mavjud boshqa Servislarida “Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlarini qabul qilaman” katagiga belgi qoʻygan boʻlsa;

6.5.2. Foydalanuvchi tomonidan maʼlum Servisning ishlatilishi yoki Foydalanuvchiga xizmatlarni taqdim etish, mazkur Kelishuv doirasida majburiyatlarni bajarish uchun maʼlumot uzatilishi zarur boʻlsa;

6.5.3. Maʼlumot uzatilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yoki qonunda oʻrnatilgan boshqa tartib doirasida amaldagi boshqa holatlarda nazarda tutilgan boʻlsa;

6.6. Foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashda SPORTMASTER” XK MCHJ Oʻzbekiston Respublikasining shaxsiy maʼlumotlar haqidagi qonunchiligiga amal qiladi.

7.1. Foydalanuvchi istalgan payt “SPORTMASTER” XK MCHJ mijozlarga yordam xizmatiga support.uz@sportmaster.com manzili orqali murojaat qilib, oʻzi taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlarni oʻzgartirish, oʻchirishni soʻrashga haqli.

8.1. Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning qaysidir sharti unga toʻgʻri kelmasa, ushbu Kelishuvni tasdiqlashni rad etishga haqli.

8.2. Foydalanuvchi oʻzi tomondan Kelishuvni qabul qilish (“Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlarini qabul qilaman” katagiga belgi qoʻyish orqali) uning barcha shartlarga istisnosiz va butunlay rozi ekanini bildiradi. Mazkur Kelishuvni qabul qilib, Foydalanuvchi shu bilan birga Tashkilotning Klub dasturida qatnashish qoidalari bilan tanishganligini, Foydalanuvchi bilan kelishuvga teng ravishda ularning barcha shartlarini qabul qilganligi va rozilik berganini tasdiqlaydi. Shu jumladan, Foydalanuvchi mazkur Kelishuvni qabul qilib, “SPORTMASTER” XK MCHJga undan elektr aloqa tarmoqlari va pochta aloqasi (jumladan va shu bilan cheklanmagan holda: SMS-tarqatmalar, email tarqatmalari, push bildirishnomalar formatida (xususan mobil ilovalar orqali), Viber messenjeridagi tarqatmalar, telefoniya, Internet tarmogʻi va mobil qurilma yordamida) maxsus takliflar, yangi mahsulotlar va reklama aksiyalari haqida axborot olish, shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarini olish, yigʻish, qayd etish, tizimlash, toʻplash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish), chiqarib olish, ishlatish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish), shaxssizlantirish, bloklash, oʻchirish, yoʻq qilish, shu jumladan avtomatizatsiya vositalari, xususan axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllab va ularni qoʻllamay) Foydalanuvchiga maxsus takliflar, yangi tovarlar va reklama aksiyalar haqidagi maʼlumot yuborilishi, Foydalanuvchilarning soʻrovlari va murojaatlari bilan ishlanishi, shuningdek, maʼlumot qaydi, jumladan va shu bilan cheklanmagan holda, ammo nomutlaq shaklda, tizimlash, toʻplash, saqlash, chiqarib olish, bevosita maxsus takliflar, yangi tovarlar va reklama aksiyalar haqidagi maʼlumotlarni yoʻnaltirish, soʻrovlar va murojaatlar bilan ishlash hamda Foydalanuvchi bilan kelishuv shakllarida koʻrsatilgan shaxsiy maʼlumotlarni yoʻq qilish bilan shugʻullanuvchi boshqa shaxs yoki tashkilotlarga axborotni qayta ishlashni tayinlash ishlarini tashkil etishga rozilik beradi.

8.3. Foydalanuvchining Kelishuv shartlariga, shu jumladan, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash tartibiga koʻrsatilgan roziligi, agar u bekor qilinmasa, avtomatik uzaytirish bilan 5 yil amal qiladi. Rozilik istalgan payt “SPORTMASTER” XK MCHJning support.uz@sportmaster.com elektron manziliga yozma bildirishnoma yuborish orqali bekor qilinishi mumkin.

9.1. “SPORTMASTER” XK MCHJ Maxfiylik haqidagi ushbu kelishuvga Foydalanuvchini qandaydir maxsus tarzda ogohlantirmagan holda bir tomonlama tartibda oʻzgartirish kiritishga haqli. Amaldagi tahrirga oʻzgartirish kiritilganida soʻnggi yangilanish sanasi koʻrsatiladi. Kelishuvning yangi tahriri, agar Kelishuvning yangi tahririda boshqa shartlar nazarda tutilmagan boʻlsa, eʼlon qilingan kunidan boshlab kuchga kiradi. Hujjatning amaldagi tahriri “SPORTMASTER” XK MCHJ Internet-sayti sportmasterofficial.uz manziliga joylangan.

10.1. Mazkur Kelishuvga oid barcha takliflar va savollarni elektron manzil orqali “SPORTMASTER” XK MCHJga yuborish maqsadga muvofiq. Savollar va takliflar support.uz@sportmaster.com korporativ elektron pochtasiga yuborilishi mumkin. Tashkilotning quyidagi manzildagi elektron pochtasiga: support.uz@sportmaster.com. Kelib tushgan murojaatlar, savollar va takliflar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq koʻrib chiqiladi.

10.2. Agar Foydalanuvchi bilan kelishuv qaysidir qismda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro huquq meʼyorlariga mos kelmasa, ushbu qism yuzasidan tomonlar tegishli qonunchilikning mos talablariga amal qiladilar. Foydalanuvchi bilan kelishuv qaysidir qismda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro huquq meʼyorlariga mos kelmasligi uning butunlay yaroqsiz deb tan olinishiga asos boʻla olmaydi.

10.3. Mazkur Kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq oferta hisoblanib, Tashkilot va Foydalanuvchi oʻrtasidagi Axborot-elektron resurs va Tashkilotning boshqa Servislari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.

10.4. Foydalanuvchi tomonidan Maxfiylik haqidagi ushbu kelishuvning 8-bandidagi tartibda bildirgan roziligi mazkur Kelishuv shartlarining aksepti hisoblanadi. Mazkur Kelishuvning aksepti Foydalanuvchining ushbu Kelishuvning barcha shartlariga toʻliq va soʻzsiz roziligini bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, klub dasturida qatnashish Qoidalari bilan tanishib chiqqanlik va shartlar qabul qilinganining tasdigʻi hisoblanadi.

10.5. Mazkur Kelishuv shartlarining ijrosi bilan aloqador har qanday bahs yoki nizolar paydo boʻlgan holatda, Foydalanuvchi va Tashkilot oʻzaro muzokaralar oʻtkazib ularni hal etish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qiladilar. Bahslar muzokaralar orqali hal etilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Tashkilot joylashgan manzil boʻyicha tegishli vakolatli sudda hal etiladi.

10.6. Mazkur Kelishuv Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning 8-bandiga muvofiq u shartlarni qabul qilgan (aksept) vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

10.7. Mazkur Kelishuv Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tuzilgan. Kelishuvda tartibga solinmagan masalalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq hal etilishi lozim.

Ձեր հարցումը կայքին արգելափակվել է։ Աշխատանքը շարունակելու համար՝ թարմացրեք էջը կամ անցեք կայքի գլխավոր էջ։ Սխալի կրկնության դեպքում կապվեք մեզ հետ հետևյալ հասցեով՝support.am@sportmaster.com
Խնդրում ենք Ձեզ հարցման ժամանակ նշել հետևյալ տեխնիկական չափորոշիչները, որոնք մեզ կօգնեն առավել արագ լուծել Ձեր խնդիրը՝