Oʻzbek Русский
Rossiya Qirgʻiziston Armaniston Qozogʻiston Belarus Oʻzbekiston
sportmaster

Tovarni almashtirish va qaytarish

Sifati talab darajasidagi tovarni, agar u oʻlchami, rangi, bichimi boʻyicha toʻgʻri kelmagan boʻlsa yoki boshqa har qanday sabab bilan qaytarish, Isteʼmolchining tovar xarid qilingan paytdan boshlab 14 kun ichida berilishi kerak boʻlgan murojaati asosida amalga oshiriladi.

Sifati talab darajasigi tovarni qaytarishda tovarning faqat isteʼmolchi tomonidan toʻlangan qiymati qaytariladi.

1-qadam – Doʻkonga murojaat qiling.
2-qadam – Xarid qilingan tovar cheklarini taqdim eting.
3-qadam – Boshqa tovarga almashtiring yoki pulni qaytib oling.

Siz xarid amalga oshirilgan (tovar topshirilgan) paytdan boshlab oʻn toʻrt kun ichida tovarni qaytarishingiz yoki u koʻrsatib oʻtilgan xususiyatlar boʻyicha Sizga mos kelmagan boʻlsa, uni boshqa oʻlcham, shakl, hajm, bichim, rang yoki tarkibdagi oʻxshash tovarga almashtirishingiz mumkin.

Sifati talab darajasidagi mahsulotni quyidagi holatlarda qaytarish mumkin:

  • mahsulotdan foydalanilmagan boʻlsa;
  • mahsulotning tovar koʻrinishi saqlangan boʻlsa;
  • mahsulotning isteʼmol xususiyatlari saqlangan boʻlsa.
Isteʼmolchining tovarni almashtirish yoki qaytarish haqidagi talabi, uning ushbu sotuvchidan xarid qilinganining isboti mavjud boʻlgan hollarda qanoatlantiriladi.

Tovarni qaytarish yoki almashtirish savdo obyektining ish soatlarida amalga oshiriladi.

Isteʼmolchi tovarni almashtirish yoki qaytarishda, agar tovar shunday qadoqda sotilgan boʻlsa, tovarni isteʼmol qadogʻida qaytarishi shart.

Tovarni qaytarish shartlari
  • Sifati qoniqarsiz tovar sotilgan hollarda, agar uning kamchiliklari sotuvchi tomonidan aytib oʻtilmagan boʻlsa, isteʼmolchi oʻz tanloviga koʻra quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
    - sifati qoniqarsiz tovarni sifati talab darajasidagi tovarga almashtirish;
    - tovarning xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirish;
    - tovarning kamchiliklarini zudlik bilan bepul bartaraf etish;
    - tovarning kamchiliklarini tuzatishga oid xarajatlarni qoplash.
  • Isteʼmolchi yuqoridagi talablarni ilgari surmasdan, chakana oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga va tovar uchun toʻlangan pulning qaytarilishini talab qilishga haqli.
  • Sifati qoniqarsiz tovarni qaytarish ushbu tovar xaridining amalga oshirilgani va shartlarini tasdiqlovchi hujjat (masalan, kassa cheki) saqlangan holatda amalga oshirilishi mumkin. Tovarning xarid qilinganini tasdiqlovchi hujjat boʻlmagan taqdirda, tovarni almashtirish yoki qaytarish isteʼmolchi uni ushbu sotuvchidan xarid qilinganini isbotlaganida amalga oshiriladi.
  • Sotuvchi sifati qoniqarsiz tovarni isteʼmolchidan qabul qiladi, zarur hollarda esa – tovar sifatining tekshiruvini, shu jumladan, taʼmirlash tashkilotini jalb qilgan holda amalga oshiradi.
  • Isteʼmolchi va sotuvchi oʻrtasida tovarda kamchiliklar mavjud ekani va ularning kelib chiqish sabablari haqida bahs yuzaga kelganda sotuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tovarni ekspertizadan oʻtkazadi. Isteʼmolchi ekspertizaning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida yozma yoki ogʻzaki shaklda xabardor qilinadi.
Tovarni qaytarish usullari
Qaytarishni amalga oshirish uchun “Sportmaster” doʻkonining xodimlariga murojaat qilish zarur. Oʻzi bilan kassa cheki yoki tovarning bevosita sotuvchidan xarid qilinganini tasdiqlovchi boshqa hujjat boʻlishi kerak.

Pul mablagʻlarini bank kartasiga qaytib tushish muddatlari oluvchi-bankning ichki tartiblariga bogʻliq. Pul mablagʻlari kelib tushishining taxminiy muddati 3-5 bank kunini tashkil qiladi.

Naqd pul mablagʻlarini qaytarish tovarni qaytarish paytida doʻkonda amalga oshiriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot olish va/yoki tovarning sifati yuzasidan shikoyat bildirish uchun support.uz@sportmaster.com․manziliga yozing․

Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Narpay koʻchasi, 76-uy, 1-qavat, "Family Park" savdo markazi

Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor koʻchasi, 2A-uy, “Tashkent City Mall” savdo-koʻngilochar markazi

Ձեր հարցումը կայքին արգելափակվել է։ Աշխատանքը շարունակելու համար՝ թարմացրեք էջը կամ անցեք կայքի գլխավոր էջ։ Սխալի կրկնության դեպքում կապվեք մեզ հետ հետևյալ հասցեով՝support.am@sportmaster.com
Խնդրում ենք Ձեզ հարցման ժամանակ նշել հետևյալ տեխնիկական չափորոշիչները, որոնք մեզ կօգնեն առավել արագ լուծել Ձեր խնդիրը՝